Русский Bepul sinab ko'rish

Fast food uchun kassa, ombor va tannarx — bitta ilovada

Kassir buyurtmani telefonda yoki planshetda oladi. Ombor qoldig'i, har bir taomning tannarxi va kunlik foyda o'zi hisoblanadi. Smena yopilganda Z-hisobot Telegram guruhingizga keladi.

14 kun bepul · karta so'ralmaydi · o'zbek va rus tilida

Kassa: menyu, savat va to'lov turlari

Nima qila oladi

Kassa (POS)

Menyu rasmlari bilan, «shu yerda», «olib ketish», «yetkazish». To'lov: naqd, terminal, Click, Payme, Uzum Tezkor, Alif, Xumo, Yandex — bitta chekda bir nechta to'lov turi.

Smena va kassa farqi

Smena ochish/yopish, X va Z hisobot. Kassadagi pul bilan tizimdagi summa farqi darhol ko'rinadi.

Oshxona ekrani

Buyurtma oshxona ekraniga tushadi, tayyor bo'lganda kassir ko'radi.

Ombor

Kunlik qoldiq, prixod (bozor xaridi), oylik inventar. Mahsulot minimumdan kamaysa — «buyurtma bering» ogohlantirishi.

Tannarx (food cost)

Texnik karta bo'yicha har bir taomning tannarxi va foydasi. Bozorda narx o'zgarsa, tannarx ham yangilanadi.

Hisobot

Kun va oy bo'yicha savdo, yalpi va sof foyda, xarajatlar, to'lov turlari, eng ko'p sotilgan taomlar. Excel va Word'ga yuklab olish.

Telegram

Z-hisobot, kassa farqi, bekor qilingan chek — egasining Telegram guruhiga avtomatik.

AI tahlil

Hisobot ichida o'zbekcha xulosa: food cost me'yordan oshsa ogohlantiradi, ertangi kun savdosini va nechta taom tayyorlashni taxmin qiladi.

Ilovadan kadrlar

Kadrlar haqiqiy ilovadan olingan, raqamlar namunaviy.

Umumiy nazorat: oylik ko'rsatkichlar
Umumiy nazorat: oylik ko'rsatkichlar
Hisobot: aqlli tahlil va ertangi kun bashorati
Hisobot: aqlli tahlil va ertangi kun bashorati
Telefonda: umumiy nazorat
Telefonda: umumiy nazorat
Telefonda: hisobot
Telefonda: hisobot

Narxlar

Bitta filial uchun. Narx AQSh dollarida, to'lov so'mda — to'lov kunidagi Markaziy bank kursi bo'yicha.

1 oy
$30
$30 oyiga
 
Tanlash
3 oy
$80
$26.67 oyiga
tejaysiz: $10 (11%)
Tanlash
Tavsiya
6 oy
$150
$25 oyiga
tejaysiz: $30 (17%)
Tanlash
12 oy
$280
$23.33 oyiga
tejaysiz: $80 (22%)
Tanlash

Hamma tarifda bir xil: kassa, ombor, tannarx, hisobot, Telegram, AI tahlil, cheklanmagan xodim va qurilma.

Ko'p beriladigan savollar

Fiskal chek chiqaradimi?

Hozir yo'q. Soliq tizimiga ulangan fiskal chek ustida ishlayapmiz — tez orada. Ungacha FOI oddiy chek chiqaradi, fiskal chekni mavjud onlayn-kassangiz beradi.

Qanday qurilma kerak?

Internetli telefon, planshet yoki kompyuter. Ilova brauzerda ochiladi va bosh ekranga o'rnatiladi. Chek printeri ixtiyoriy.

Internet uzilsa nima bo'ladi?

Kassa ishlashda davom etadi, internet qaytganda ma'lumot bulutga yuboriladi.

Ma'lumotlarim kimniki?

Sizniki. Istalgan vaqtda Excel ko'rinishida yuklab olasiz, obuna to'xtasa ham so'rovingiz bo'yicha beramiz.

Chekda kimning nomi chiqadi?

Sizning biznesingiz nomi, manzili va telefoni. FOI pastda kichik yozuv bo'lib qoladi.

Bepul sinov qanday?

14 kun hamma imkoniyat ochiq, karta so'ralmaydi. Menyuni kiritishga yordam beramiz.

Qanday to'layman?

So'mda: Click, Payme yoki bank o'tkazmasi. Hisob-faktura kerak bo'lsa, yozing.

14 kun bepul sinab ko'ring

Telegram'ga yozing — ulab beramiz va menyuni birga kiritamiz.

Bepul sinab ko'rish